Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

42372025-05-30 19:29

Farg‘onada g‘alla mavsumida zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari ishtirok etadi

Farg‘onada g‘alla mavsumida zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari ishtirok etadi Bag‘dod tumanida viloyatimizdagi fermer xo‘jaliklariga 24 ta zamonaviy yuqori unumdor g‘alla o‘rish kombaynlari topshirildi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov fermerlar, sohaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. "O‘zagrolizing" AJning Farg‘ona viloyati filiali tomonidan Jahon banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish” loyihasi asosida ajratilgan mablag‘lar hisobidan yuqori unumli va energiya tejamkor, GPS qurilmali zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari fermer xo‘jaliklariga imtiyozli lizing shartlari asosida taqdim etildi. "New Holland 5.90 4WD", "Dominator 260", "Case 4088" rusumli kombaynlar Polьsha va Xitoyda ishlab chiqarilgan. E‘tiborlisi, g‘alla o‘rimi mavsumidan so‘ng mazkur kombaynlarni sholi o‘rish uchun moslashtirish imkoniyati ham borligi fermerlarga qulaylik yaratadi. Tadbirda qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, mehnat va vaqt tejamkorligini ta‘minlashda bu kabi zamonaviy texnikalardan foydalanish bugungi kun talabi ekanligi yana bir bor ta‘kidlandi. Ishtirokchilarga g‘alla o‘rish kombaynlari ish unumdorligi haqida batafsil ma‘lumotlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 07.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft