“Yoshlar kuni“ munosabati bilan Farg‘ona tumanida faol yoshlar etakchilari taqdirlandi








«Yoshlar kuni» munosabati bilan Farg‘ona tumani hududida faoliyat olib borayotgan yoshlar etakchilarini rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, Yoshlar ishlari bo‘limi mas‘ullari hamda mahallalardagi yoshlar etakchilari ishtirok etdilar. 2025-yilning birinchi yarim yilligi davomida faoliyati samarali deb topilgan yoshlar etakchilari tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish bo‘yicha ham tegishli tavsiyalar berildi. Bayramona ruhda o‘tgan marosim ishtirokchilarga katta motivasiya bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Oltiariq tuman Qo‘rg‘oncha MFYda "Sayyor qabul" o‘tkazildi

Prezident Farmoni va Vazirlar Mahkamasi Qarori yuzasidan Ochiq muloqot


Фуқаролик кодекси талаблари асосида янгидан шартнома имзоланди

"Strit bol" vorkaunt майдончаси қуриб берилди

Олтиариқ фарзандлари Президент эътиборида