Shohimardonda “Milliy libos – ma‘naviyat ko‘zgusi” tadbiri o‘tkazildi







Farg‘ona tumani "Shohimardon" mahallasi markazida “Milliy libos – ma‘naviyat ko‘zgusi” mavzusida ko‘tarinki ruhdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda har juma kuni "Milliy liboslar kuni" sifatida keng nishonlanib, milliy liboslarimiz va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Qo‘shtepa tuman targ‘ibot guruhi rahbari D.Yusupova hamkorligida "Shohimardon" mahallasi markazida “Milliy libos – ma‘naviyat ko‘zgusi” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida milliy libos va do‘ppi chellenji tashkil etilib, unda mahalla aholisi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari, milliy do‘ppilar, yaktaklar hamda kitoblar ulashildi. Tadbir so‘ngida nuroniylar tomonidan ezgu duolar qilinib, barchaga minnatdorlik bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Oltiariq tuman Qo‘rg‘oncha MFYda "Sayyor qabul" o‘tkazildi

Prezident Farmoni va Vazirlar Mahkamasi Qarori yuzasidan Ochiq muloqot


Фуқаролик кодекси талаблари асосида янгидан шартнома имзоланди

"Strit bol" vorkaunt майдончаси қуриб берилди

Олтиариқ фарзандлари Президент эътиборида